- Posted by admin
- Categories Uncategorized
- Date Noyabr 14, 2025
- Comments 0 comment
1 kunlik » Zomin sayohati» tashkil etildi


Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Kasaba uyushmasi qo’mitasi hamda TDIU «International Business» akademik litseyi hamkorligida 1-oktyabr «Oqituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan professor -o’qituvchilar va xodimlarni rag’batlantirish, ularni ma’daniy hordiq olishlari uchun 1 kunlik » Zomin sayohati» tashkil etildi. Ushbu sayohat mobaynida o’qituvchi va xodimlar yurtimizning so’lim go’shasi Zomin tog’lari, Yurtboshimiz tashabbusi bilan barpo etilgan «Ma’rifatli» jome’ masjidi va turli ko’ngilochar joylarga tashrif buyurishdi. Tashkil etilgan sayohat barchaga bayramona kayfiyat va zavq ulashish bilan bir qatorda o’quv yili mobaynida ko’zlagan rejalarga erishish uchun kuch-g’ayrat berdi.
You may also like
9-May «Xotira va qadrlash kuni»
May 12, 2026

