2025-2026 o‘quv yilida noyabr va fevral oylarida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan “Ona tili va adabiyot” va “Rus tili va adabiyoti” fanlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Milliy sertifikat imtihonlarida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “International Business” akademik litseyning 146 nafar o‘quvchilari yuqori natijalarga erishib, sertifikatlarini qo‘lga kiritishdi. Ushbu yutuq o‘quvchilarning bilim va salohiyatini, shuningdek, ta’lim jarayonining samaradorligini yana bir bor namoyon etdi.