Toshkent shahridagi akademik litseylar va kasbiy ta’lim muassasalari o’quvchi yoshlari o’rtasida «Barkamol avlod 2025» sport musobaqalari


Joriy yilning 10-oktyabr kuni Toshkent shahridagi akademik litseylar va kasbiy ta’lim muassasalari o’quvchi yoshlari o’rtasida «Barkamol avlod 2025» sport musobaqalarining hududiy shahar bosqichi bo’lib o’tdi. Ushbu musobaqada akademik litseyning TN 53-guruh o’quvchisi Laziza Qahramonova uzunlikka sakrash sport turi bo’yicha faxrli 2-o’rinni egallab, Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi. Ushbu sportchi qizimizga Respublika bosqichida zafarlar tilab qolamiz.

