Preaload Image

2023-2024 O'quv yili qabul jarayoni haqida ko'p
berilayotgan savollar va ularning javoblari

🔵Savol: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyiga hujjatlarni qabul qilish qachondan boshlanadi?

Javob: Hujjatlarni qabul qilish 1-iyundan boshlanadi va 30-iyungacha davom etadi. Hujjatlarni qabul qilish onlayn tarzda my.edu.uz platformasi orqali bepul amalga oshiriladi.


🔵Savol: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyiga hujjat topshirish uchun nima hujjatlar talab etiladi?

Javob: Respublikamizdagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari haqidagi ma’lumot platformada avtomatik shakllanadi. Faqat ular imtiyoz beruvchi hujjat va 3,5x4,5 hajmdagi fotosurat (agar pasport/ID olmagan bo‘lsa) yuklashlari zarur bo‘ladi.


🔵Savol: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyida qanday oʻquv yoʻnalishlari mavjud?

Javob: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akadеmik litseyida faqat bitta 3910002 kodli, matematika va ingliz tili fanlariga ixtisoslashtirilgan aniq fanlar-2 yoʼnalishi mavjud.


🔵Savol: Qabul intihoni nechta bosqichdan iborat va qaysi fanlardan, qay tartibda boʻlib oʻtadi?

Javob: Qabul imtihonlari ikkita bosqichdan iborat. Birinchi bosqich imtihoni oʻtkazilish tartibi haqida qabul jarayoni yakunida qadar aniqlik kiritiladi va @TDIU_AL telegram kanalimizda maʼlumot beriladi. Ikkinchi bosqich imtihoni test shaklida, ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan (matematika, ingliz tili) va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi. Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 1 soat-u 40 daqiqa vaqt ajratiladi. Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 146 ball bo‘lib, ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.


🔵Savol: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyida viloyatlik oʻquvchilar uchun oʻquvchilar yotoqxonasi bormi?

Javob: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyida oʻquvchilar yotoqxona binosi mavjud emas. Viloyatlardan oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilarni Toshkent shahrida yashash joyi masalasi ota-onasi zimmasida.


🔵Savol: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyi qayerda joylashgan?

Javob: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, M.Gʻofurov koʻchasi 183-uy