“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kiberjinoyatchilik” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
- Posted by TDIU AL
- Categories Yangiliklar
- Date Sentabr 21, 2023
ㅤㅤ2023-yilning 8-sentabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyi faollar zalida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kiberjinoyatchilik” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Tadbirga tashrif buyurgan Chilonzor tumani IIOFMB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilikni oldini olish mas’ul inspektorlari leytenant M.U.Hikmatov, katta leytenant B.B.Tojiboyev, kapitan O‘.Ikromxo‘jayevlar so‘zga chiqib bugungi kunda dunyo miqyosida keng tarqalib borayotgan kibertahdidlar, Internet va ijtimoiy tarmoqlardagi huquqbuzarliklar, ulardan himoyalanish choralari, shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik masalalari, kiberxavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo’yicha tushuntirishlar berdi. Shundan so‘ng Inspektorlar va o‘quvchi yoshlar o‘rtasida savol-javob bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi
You may also like
TDIU «International Business» o’quvchilarinig yutug’lari
Aprel 14, 2026
2025-2026 o‘quv yilida noyabr va fevral oylarida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan “Ona tili va adabiyot” va “Rus tili va adabiyoti” fanlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Milliy sertifikat imtihonlarida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “International Business” akademik litseyning 146 nafar o‘quvchilari …
“Ona tilim – o’zligimning timsoli”
Noyabr 14, 2025
