Akademik litseylarga qabul test natijalari yuzasidan apellyatsiya uchun arizalar qabul qilinmoqda
- Posted by admin
- Categories Yangiliklar
- Date Avgust 1, 2023
ㅤMa’lumki, 2023/2024-oʻquv yili uchun akademik litseylarga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilingan edi.
Ushbu kirish test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar vazirlikning my.edu.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali apellyatsiya shikoyatini 3-avgustga qadar (shu kuni ham) yuborishlari mumkin.
Ushbu kirish test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar vazirlikning
my.edu.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali apellyatsiya shikoyatini 3-avgustga qadar (shu kuni ham) yuborishlari mumkin.
Arizalar faqat onlayn shaklda qabul qilinadi.
Apellyatsiya shikoyati vazirlik huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi Apellyatsiya komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, abituriyentga Apellyatsiya komissiyasi qarori to‘g‘risida javob xati yuboriladi.
ㅤApellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
* apellyatsiya belgilangan Nizom talablari buzilgan holda taqdim etilgan bo‘lsa yoki ko‘rsatilgan dalillar o‘z tasdig‘ini topmasa test sinovi natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyati qondirilishini rad etish;
* shikoyatda ko‘rsatilgan dalillar o‘z tasdig‘ini topsa test sinovlari natijalarini o‘zgartirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish.
ㅤTakroriy apellyatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi!
You may also like
TDIU «International Business» o’quvchilarinig yutug’lari
Aprel 14, 2026
2025-2026 o‘quv yilida noyabr va fevral oylarida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan “Ona tili va adabiyot” va “Rus tili va adabiyoti” fanlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Milliy sertifikat imtihonlarida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “International Business” akademik litseyning 146 nafar o‘quvchilari …
“Ona tilim – o’zligimning timsoli”
Noyabr 14, 2025
