Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “International Business” akademik litseyida 38 nafar malakali pedagog kadrlar faoliyat yuritadilar. Pedagog xodimlarning 1 nafari PhD, 17 nafari bosh o‘qituvchi, 12 nafari yetakchi o‘qituvchi, 8 nafari katta o‘qituvchilardir. Samarali mehnatlari uchun 3 nafar o‘qituvchi (Syutkina Svetlana Mixaylovna, Tajiyeva Zuxra Kamalbayevna, Ibragimova Shahlo Zavkiyevnalar) "Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Matematika fani oʻqituvchilarning 10 nafari B+, A, A+ (milliy), 4 nafari SAT xalqaro sertifikatlari, xorijiy tillar kafedrasi oʻqituvchilarning 7 nafari C1 (milliy) 6 nafari IELTS, TESOL, TKTI xalqaro sertifikatlari, shuningdek, umumta’lim fanlari kafedrasi oʻqituvchilarning A+, A,B (milliy), 2 nafar TRKI xalqaro sertifikatlari mavjud.