Poyqadamingdan aylanay, Navro’zim!
- Posted by TDIU AL
- Categories Yangiliklar
- Date Mart 17, 2023
- Comments 0 comment
TDIU akademik litseyida umumxalq Navro'z bayrami munosabati bilan "Poyqadamingdan aylanay, Navro'zim!" nomli bayram sayli bo'lib o'tdi.Saylda litsey o'quvchilari tomonidan turli viloyatlarga xos bo'lgan milliy ovqatlar va milliy urf-odatlari namoyishi tashkil qilindi, shu bilan birgalikda o'quvchilar o'rtasida milliy sport turlari bo'yicha ham musobaqalar tashkil qilindi.TDIUdan tashrif buyurgan mehmonlarimiz tomonidan g'oliblar esdalik sovg'alari va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi. Ustozlar va o'quvchilar yordamida milliy taomlarimizdan biri sumalak ham tayyorlandi. Ayniqsa, iqtidorli o'quvchilarimiz tomonidan namoyish qilingan turli viloyatlarga xos milliy raqslar, ashulalar va kelin salomlar, ijro etilgan askiyalar yig'ilganlarda juda katta taassurot qoldirdi.Bayram sayli juda ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.
You may also like
TDIU «International Business» o’quvchilarinig yutug’lari
Aprel 14, 2026
2025-2026 o‘quv yilida noyabr va fevral oylarida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan “Ona tili va adabiyot” va “Rus tili va adabiyoti” fanlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Milliy sertifikat imtihonlarida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “International Business” akademik litseyning 146 nafar o‘quvchilari …
“Ona tilim – o’zligimning timsoli”
Noyabr 14, 2025
