TDIU “Sirtqi” fakultet “Menejment va marketing” kafedrasining 21 oktabr – O’zbek tili bayrami ma’naviy-ma’rifiy tadbiri.
- Posted by TDIU AL
- Categories Yangiliklar
- Date Oktabr 21, 2022
- Comments 0 comment
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Sirtqi” fakultet “Menejment va marketing” kafedrasi tomonidan 21 oktabr – O’zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
📚 Adabiy-ma’naviy tadbirni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor – Xudoyqulov Sadirdin Karimovich ochib berdi.
Shuningdek, tadbirda O’zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktori birinchi o’rinbosari, filologiya fanlari nomzodi dotsent, adabiyotshunos olim – Shuxrat Rizayev, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Do’stlik” ordeni sohibi – Shodmonqulov Salom, Toshkent davlat O’zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi – Akrom Dexqonov ishtirok etdilar.
⚡️Tadbir davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Akademik litsey o’quvchilari tomonidan O’zbek tilini madh etuvchi she’rlar va kuy-qo’shiqlar ijro etildi.
You may also like
TDIU «International Business» o’quvchilarinig yutug’lari
2025-2026 o‘quv yilida noyabr va fevral oylarida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan “Ona tili va adabiyot” va “Rus tili va adabiyoti” fanlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Milliy sertifikat imtihonlarida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “International Business” akademik litseyning 146 nafar o‘quvchilari …
