Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “International Business” akademik litseyida 17 iyun kuni bitiruvchilarga diplomlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor To‘lqin Teshabayev ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarni samimiy tabrikladi hamda ularga ta’limning keyingi bosqichlarida ulkan muvaffaqiyatlar, yurt ravnaqi yo‘lida munosib xizmat qilishlarini tiladi.