Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “International Business” akademik litseyining bir qator tashabbuskor o‘quvchilari 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan mahalladagi bi qator nuroniy va yolg‘iz keksalar holidan xabar oldilar. Mazkur tashabbus yoshlar qalbida keksa avlod vakillariga nisbatan yuksak ehtirom va saxovat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.