Olimpiadada ishtirok eting va imtiyozga ega boling!
- Posted by TDIU AL
- Categories Yangiliklar
- Date May 15, 2023
Matematika va Ingliz tili fanlariga ixtisoslashtirilgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyi, maktabning 9-sinf bitiruvchilari uchun saralash olimpiadasi bo’lib o’tishini ma’lum qiladi!
Olimpiada 2023-yil 21-may kuni soat 9:00 da boshlanadi.
Qatnashish istagidagi o’quvchilar litsey manziliga soat 8:30 dan kechikmasdan, o’zi bilan tug’ilganlik haqidagi guvohnoma yoki shaxsini tasdiqlovchi ID karta bilan kelishlari shart.
Olimpiada yozma ravishda bo’lib o’tadi, buning uchun kerakli daftar va ruchkalar litsey tomonidan sizga taqdim etiladi.
Olimpiadada faxrli o’rinni egallagan g’oliblar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyiga qabul imtihonining birinchi bosqich sinovlaridan ozod etiladi va to’g’ridan-to’g’ri ikkinchi bosqichda ishtirok etadi.
Qatnashing! G’olib bo’ling! Yutug’ingiz buyuk kelajagingiz tomon qo’yilgan dastlabki qadam bo’lsin.
You may also like
TDIU «International Business» o’quvchilarinig yutug’lari
2025-2026 o‘quv yilida noyabr va fevral oylarida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan “Ona tili va adabiyot” va “Rus tili va adabiyoti” fanlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Milliy sertifikat imtihonlarida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “International Business” akademik litseyning 146 nafar o‘quvchilari …
