O’zingdan qo’ymasin, o’zligim

TDIU «International Business» akademik litseyida o’quvchi yoshlar o’rtasida milliy urf-odatlarimizni yanada qadrlash maqsadida o’quvchilar bilan hamjihatlikda milliy taomlarni tayyorlash bo’yicha «O’zingdan qo’ymasin, o’zligim» nomli tadbir tashkil qilindi. Bunday tadbirlar yoshlar o’rtasida o’z xalqining milliy odatlarini yanada chuqurroq anglashlarida muhim ahamiyatga ega.

