Preaload Image

2022-yilning 27-28-oktyabr kunlari “Yoshlar ijod saroyida “EXPOCONTACT” Xalqaro ko’rgazma kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan “Ta’lim va kar’yera” Xalqaro ta’lim ko’rgazmasi”

✍️2022-yilning 27-28-oktyabr kunlari “Yoshlar ijod saroyida “EXPOCONTACT” Xalqaro ko’rgazma kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan “Ta’lim va kar’yera” Xalqaro ta’lim ko’rgazmasi”da Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyining 160 nafar 2-kurs o’quvchilari oliy o’quv yurtlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lishdi va kelajakda mutaxassislikni to’g’ri tanlash bo’yicha ma’lumot olishdi.

Ushbu ko’rgazmada yurtimizda faoliyat yuritayotgan Oliy o’quv yurtlari bilan bir qatorda 30dan ortiq davlatlarning 100dan ortiq yetakchi oliy ta’lim muassasalari va o’quv markazlari o’z ko’rgazmalari bilan ishtirok etishdi.Ko’rgazmaga tashrif buyurgan o’quvchilar ushbu oliy o’quv yurtlaridagi ta’lim jarayoni haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lishlari bilan bir qatorda o’zlari qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.