17.11.2022 kuni Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti akademik litseyida “Men sog’lom hayotni tanlayman” mavzusidagi tadbirda litseyi xotin-qizlar kengashi raisi Arzikulova Mehri so’zga chiqib, yoshlarga reproduktiv salomatlik va sog’lom turmush tarzini shakllantirish tog’risida tushuncha bergandan so’ng so’zni 36-OP akusher ginekologi Shamatova Mahliyoga berdi. Akusher ginekolog o’z so’zida qizlarga salomatliklariga e’tiborsiz bo’lmasliklari, shaxsiy gigienaga rioya qilishlari to’g’risida gapirib, yana erta turmush, erta tug’uruqning salbiy oqibatlari to’g’risida tushuncha berib o’tdi.