“Eng yaxshi kitobxon” ko’rik-tanlovi
- Posted by TDIU AL
- Categories Yangiliklar
- Date Noyabr 10, 2022
- Comments 0 comment







“Eng yaxshi kitobxon” ko’rik-tanlovi
✍️ Yoshlar o’rtasida kitobxonlikni yanada shakllantirish maqsadida 10-noyabr kuni akademik litseyda “Eng yaxshi kitobxon” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi. Ushbu tanlovda litseyning AF 11,12,13,14-guruh o’quvchilari kitobxonlari ishtirok etishdi. Kitobxonlar Tohir Malikning “Alvido bolalik”, O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi”, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” va Said Ahmadning “Ufq” asarlari bo’yicha bellashishdi.Bir-biridan qiziqarli shartlar natijasida AF 14-guruhining “Adekvat” jamoasi 68 ball bilan faxrli I o’rinni va AF 11-guruhining “Humo” jamoasi 45 ball bilan faxrli II o’rinni va AF 13-guruhining “BMT” jamoasi 44 ball bilan faxrli III o’rinni qo’lga kiritishdi.
Previous post
Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetida tashkil qilingan “Ochiq eshiklar kuni” ko’rgazmasida ishtirok etishdi.
Noyabr 10, 2022
Next post
TDIU akademik litseyida o’qituvchilar o’rtasida seminar trening tashkil qilindi
Noyabr 16, 2022