Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetida tashkil qilingan “Ochiq eshiklar kuni” ko’rgazmasida ishtirok etishdi.

2022-yilning 5-noyabr kuni AF 24-guruh va TN 21-guruh o’quvchilari Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lish va kelajakda mutaxassislikni to’g’ri tanlash maqsadida Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetida tashkil qilingan “Ochiq eshiklar kuni” ko’rgazmasida ishtirok etishdi. Ko’rgazmaga tashrif buyurgan o’quvchilar ushbu oliy o’quv yurtidagi ta’lim jarayoni, undagi sharoitlar va yo’nalishlari haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lishlari bilan bir qatorda o’zlari qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Ushbu tashkil qilingan ko’rgazma yoshlarning kelajakdagi kasblarini to’g’ri tanlashlarida amaliy yordam beradi va o’quvchilarda juda yaxshi taassurot qoldirdi.
Previous post